von Nodirabegim Qosimjonova
46,00 €
¿Nomoddiy madaniy meros¿ iborasi yaqin kunlarda kirib kelgan bo¿lsa-da, biz an¿anaviy ravishda ¿xalq ijodiyoti¿, ¿folklor¿ ibora va so¿zlari bilan ifodalab kelgan milliy merosimizni saqlash, uni kelgusi avlodga yetkazish, undan yoshlar tarbiyasida unumli foydalanish masalariga katta e¿tibor berila boshlangan. Har bir taraqqiy etgan, madaniyatli xalqning o¿z tili, urf-odati, adabiyoti, osori-atiqalari, änanaviy, moddiy va mänaviy boyliklari bo¿ladi. O¿zbek xalqi ham dunyodagi eng qadimiy madaniy xalqlardan biri sifatida mana shunday xazinaga ega. Bu bilan biz haqli ravishda faxrlansak arziydi. Buning uchun o¿sha qadimiy madaniyatni, urf-odatni bilishimiz, saqlashimiz va keying avlodlarga ham yetkazishimiz insoniy burchimizdir. Shuni unutmaslik kerakki, ming-ming yillar davomida shakllangan urf-odat, marosim, adabiyot, san¿at muallaq holda, o¿zga xalqlardan bekitiqcha paydo bo¿lib, rivojlanmagan. Aksincha, biz bilan qadimdan yonma-yon, jon qo¿shni sifatida hayot kechirib kelayotgan qardosh qozoq, qirg¿iz, turkman, tojik va ozarbayjon xalqlarining bevosita ishtiroki, hamrohligida yaratilgan, taraqqiy topgan.