Über BADIIYAT USTASI YOXUD IJODIY AN¿ANALARNING ZAMONAVIY IFODASI
XX asrning eng ko¿zga ko¿ringan, iste¿dodli shoirlaridan biri Erkin Vohidov o¿zining ijodiy merosi bilan nafaqat o¿zbek adabiyotining, balki butun turkiy va, täbir joiz bo¿lsa, butun jahonning adabiyot xazinasida o¿chmas iz qoldirdi. Uning turli janrlarda yozilgan «Nido», «Ruhlar isyoni», «Palatkada yozilgan doston», «Oltin devor» kabi asarlari, «Matmusa», «Donishqishloq latifalari» turkumlari adabiyot ixlosmandlari qalbidan mustahkam o¿rin egalladi. Ayniqsa, aruz vaznida ijod qilish chegaralanib qolgan bir davrda yaratgan lirik merosini jamlab tuzgan «Yoshlik devoni» o¿zining badiiyati, mazmuni va originalligi bilan boshqa mumtoz adabiyot namunalaridan qolishmaydi. Uni ilmiy o¿rganish esa shoir ijodiga hurmat belgisi va adabiyotshunoslik ilmidagi dolzarb masalalardan biridir.Ilmiy risola Oliy o¿quv yurtlari Filologiya yo¿nalishi talabalari, o¿rta umumtälim muassasalari o¿quvchilari hamda Erkin Vohidov ijodi bilan qiziquvchilarga mo¿ljallangan.
Mehr anzeigen