Über Dala Tadqiqotlarini O`Tkazish Uslubiyoti
Mazkur o`quv qo`llanma ¿Dala tajribalarini o`tkazish uslublari¿ (O`zPITI, 2007,) uslubiy qo`llanmasi hamda ¿Dehqonchilikda ilmiy izlanish asoslari¿ (Toshkent, 2013), Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari (Toshkent, 2006), Tuproq fizikasi (Toshkent, 2014), Qishloq xo`jaligi gidrotexnika melioratsiyasi (Toshkent, 2008) darsliklari asosida ¿Dala tadqiqotlarini o`tkazish uslubiyoti¿ fan dasturiga muvofiq tayyorlandi. Ushbu qo`llanmada sug`orma dehqonchilik sohasida hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uslubiyotlari bayon etilgan bo`lib, unda respublikamizda yetishtiririlayotgan asosiy qishloq xo`jaligi ekinlarining maqbul parvarishlash agrotexnikasini aniqlash, sug`oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlab qolish va muntazam oshirib borish, tuproq eroziyasi jarayonlarini oldini olish chora-tadbirlarini dala tadqiqotlari asosida ishlab chiqishning umumiy ilmiy qonuniyatlari keltirilgan.
Mehr anzeigen