Über LINGVOMADANIY KODLARNING ONOMASTIK BIRLIKLARDA
So¿nggi yillarda jahon tilshunosligida tilning millat tarixiy tajribasi, madaniy taraqqiyotidan mälumot tashuvchi onomastik birliklari va ularning madaniy kodning madaniy semantikasi bilan aloqasini o¿rganishga bag¿ishlangan tadqiqotlarga keng o¿rin berilmoqda. Zotan, onimlar ¿ tilning avlodlar tajribasiga doir bilimlarni to¿plash, jamlashdan iborat kumulyativ vazifasini voqelantiruvchi unsurlarga hatto jamiyatning siyosiy-mafkuraviy hayotida ahamiyatli unsurlar sifatida qaralmoqda. Toponimik obyektlar millat tarixi va madaniyatining shakllanish bosqichi, millatning millat sifatida ravnaq topishiga guvoh birliklar hisoblanadi.O¿zbekistonning bir qator viloyatlari toponimiyasini lingvistik, tarixiy tipologik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag¿ishlangan anchagina monografiyalar nashr etildi, bir qancha dissertatsiyalar yozildi, toponimlarning izohli lug¿atlari tuzildi. Xususan, teologik bilimlar va teonimlar bilan bog¿liq joy nomlari tizimini struktur, etnolingvomadaniy jihatdan tadqiq qilish va ularning etimologiyasi, genezisiga doir mälumotlarni aks ettiruvchi leksikografik asarlarni yaratish ana shunday dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Mehr anzeigen