Über UMUMIY GIDROLOGIYA VA IQLIMSHUNOSLIKKA OID ATAMALAR
Moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmog'ini fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanmasdan turib rivojlantirish mumkin bo'lmayotgan hozirgi vaqtda, geografiya fani asosiy fanlar qatoridan biri hisoblanadi. Geografik bilimlarning ahamiyati Yer yuzida aholi sonining ortib borishi bilan tabiiy boyliklardan tobora köproq foydalanilayotgan, ekologik sharoit yomonlashib, uni yaxshilash uchun tegishli choralar ko'rish zarur bölib qolgan hozirgi sharoitda yana ham kuchayib ketdi. Geografik bilimlarning keng tarqalishi, mazmunan boyishi, tabiiyki, geografik termin va tushunchalarni bilishni zarurat qilib qöymoqda. Hayot, taraqqiyot to'xtab qolmagani kabi geografik terminlar va tushunchalar zaxirasi ham töxtovsiz boyib boradi, o'zimizda yöq termin va tushunchalar tilimizga kirib keladi. Binobarin, geografiyadan yangi lug'atlarga bölgan ehtiyoj juda katta.
Mehr anzeigen